Titaniya

Titaniya — uran sayyorasining yirik yo’ldoshlaridan biri. Diametri 1580 km, sayyoradan o’rtacha uzokligi 435,9 ming km. Uran atrofini taxm. 9 sutkada aylanib chiqadi. T. orbitasining tekisligi uran orbitasi tekisligi bilan deyarli perpendikulyar. T. yuzasida ko’plab kraterlar va tektonik yoriklar mavjud. 1787 y.da ingliz astronomi V. Gershel kashf etgan (yana q. Sayyoralar yo’ldoshlari).