TIRIKTUG’UVCHIO’SIMLIKLAR

TIRIKTUG’UVCHIO’SIMLIKLAR (plantae viviparae) — ona o’simlikning er ustki organlari (meva, gul, to’pgul va barglari)da mayda yashil o’simliklar shakllanib, erga to’kilgach, etuk individga aylanadigan o’simliklar. Mangro o’rmonlaridagi ko’p o’simliklarning osinchoq mevalarida yirik o’simtalar (o’simlikcha) rivojlanadi. Boshqa T. t.o’.ning gul o’rni va to’pgullarida vegetativ kurtaklar rivojlanib, ular ona o’simliqdan ajralmasdan o’sadi va yosh o’simlikka aylanib to’kiladi, so’ngra normal ko’karadi. Bunday o’simliklar ko’pincha shim. hududlarda, tog’lar, quruq dasht va cho’llarda o’sadi, chunki bunday erlarda vegetasiya davri qisqa bo’lgani uchun pi — shib ulgurmaydi. Bir qancha T.t.o’. (briofillyum, ba’zi tropik qirqquloqlar va b.) bargida meristema hujayralari to’planib, yangi yosh o’simlikka aylanadi.