Tirkama

Tirkama — dvigatelsiz g’aldirakli transport vositasi. Dvigatelli transport vositasi (avtomobil, traktor)ga tirkab ishlatiladi (nomi shundan). Oddiy va maxsus, bir, ikki va ko’p o’qli turlari bo’ladi. Oddiy 2 o’kdi T. berk Kuzov yoki bortli platforma bilan jihozlanadi. Maxsus T.ga muayyan yukni (mas., paxtani) tashish uchun moslashtirilgan Kuzov o’rnatiladi. Uzun yuklar (trubalar, taxtalar va b.) uchun maxsus 2 g’ildirakli (bir o’qli) T.ulamadan foydalaniladi. Bunday T. shatakchi mashinaga yukning o’zi orqali tutashtiriladi. T. ga turli jihozlar (mas., compressor styalar)ni o’rnatish ham mumkin. Oddiy bir o’qli T.ning yuk ko’taruvchanligi 2 t dan, ikki o’qliniki 8 t dan oshmaydi; bo’linmaydigan yirik yuklarni tashish uchun mo’ljallangan T.niki —20—25 t. T. larning barchasi e’ritish asboblari, gabarit chiroklari, tanish belgilari bilan ta’minlanadi.