TIKANDUMLILAR

TIKANDUMLILAR (Uromastix) agamasimonlar oilasi urug’i. 15 (ba’zi manbalarga ko’ra 8) turi bor. Shim. Afrika, Osiyoning Jan.g’arbida tarqalgan. Tanasining uz. 75 sm gacha (dumi bilan birga). Dumi o’tkir uchli va katta tikanli tangachalar bilan qoplangan (nomi qam shundan). 4 m gacha uzunlikda in qaziydi. 4— 20 tuxum qo’yadi. Sahrolarda yashaydi. O’simlik bargi, guli, urug’va mevalari bilan oziqlanadi. Go’shtini mahalliy xalq iste’mol qiladi.