Tilla qo’ng’izlar

Tilla qo’ng’izlar (Buprestidae) qo’ng’izlar oilasi. Tanasining uz. 3-100 mm. Ko’pincha yaltiroq tusda. T.q. yozning issiq oylarida uchadi. O’simliklar tanasi, bargi va gullarida (ayrim mayda turlari) uchraydi. O’simlik to’qimalari bilan oziklanadi. Lichinkalari oq rangli, oyoqsiz; po’stloq ostida, buta hamda daraxtlar yog’ochida va o’tlarda rivojlanadi. 12 mingdan ortiqturi bor. O’zbekistonda 120 turi uchraydi. Er yuzida (ayniqsa, tropik mamlakatlarda) keng tarqalgan. Ko’pchilik T.q. (katta qarag’ay T.q.i, ko’k T. q., terak T.q.i) o’rmon o’simliklarini, qora T.q. mevali daraxtlarni zararlaydi. Buxoro T.q.i, to’qay T.q.i O’rta Osiyo endemigi. To’qay T.q.i va Sulaymon T.q.i O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.