Tigran II

Tigran II — Buyuk — Armaniston podshosi (mil. AV. 95-56). Hukmronligining dastlabki davrida Sofena, Atropatena, Midiyaning g’arbiy qismini saltanatiga qo’shib olgan. Kavkaz Albaniyasi va Iberiya shoxlari unga tobe bo’lganlar. T.II Pont podshosi Mitridat VI bilan harbiy va siyosiy ittifoq tuzib, qarindoshchilik rishtalarini bog’lagan, so’ngra salavkiylarning Suriyadagi erlarini egallab olgan. Oront daryosi bo’yidagi Antioxiya sh. esa, Armaniston poytaxtlaridan biriga aylangan (boshqa poytaxt shaharlar — T. II asos solgan Tigranakert va Artashat). Mil. AV. 69 y. T. II qo’shinlari Tigranakert yaqinida Rim sarkardasi Lukull boshchiligidagi qo’shin tomonidan tormor keltirilgan. 66 y. T.II Rim vassaliga aylangan.