Tetrod

Tetrod (tetro… va elektrod) — to’rt elektrod (katod, ikkita to’r va anod) li elektron lampa. To’rlardan biri boshkaruvchi, ikkinchisi ekranlovchi hisoblanadi. Ekranlovchi to’r anod bilan boshqaruvchi to’r orasidagi parazit sig’imni kamaytiradi, ichki kuchlanishni esa ancha oshiradi. T. bir necha yuz MGs chastotalarda ishlaydigan qabul qiluvchikuchaytiruvchi yoki generasiyalovchi lampa vazifasini bajaradi va elektron qurilmalarda ishlatiladi.