Tibbiyot parazitologiyasi instituti
Tibbiyot parazitologiyasi instituti, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Isaev nomidagi O’zbekiston tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituti — parazitar kasalliklar (rishta, bezgak, spiroxetoz va b.)ning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalarini o’rganadigan ilmiy muassasa. Buxoro tropik inti nomi bilan 1923 y.da tashkil qilingan. 1925 y.da O’zbekiston tropik tibbiyot inti degan nom berildi va 1931 y.da Samarkand sh.ga ko’chirildi. 1940 y.dan O’zbekiston bezgak va tibbiyot parazitologiyasi inti, 1958-69 y.larda O’zbekiston eksperimental tibbiyot parazitologiyasi va gelmintologiyasi i.t. instituti nomi bilan yuritiladi. Intga 1924-64 y.larda prof. L. M. Isaev rahbarlik qilgan. Ilgari ,keng tarqalgan rishta, bezgak, spiroxetoz kabi kasalliklar, keyinchalik ichki organlar va shaxar tipidagi teri leyshmaniozi int xodimlarining samarali mehnati tufayli batamom tugatildi. Int olimlari gelmintozlar, leyshmaniozlar va b. kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va yo’qotish ustida tadqiqot olib bormoqdalar.