Tefiya
Tefiya — Saturn sayyorasining yo’ldoshlaridan biri. Yulduz kattaligi 10,6, diametri 1050 km, sayyoradan o’rtacha uzokligi 295000 km. T. Saturn atrofini taxm. 2 sutkada aylanib chiqadi. T.ni 1684 y.da frantsuz astronomi J.Kassini ochgan. Odissey krateri (kengligi 400 km) va 3 ming km ga cho’zilib ketgan Itaka kanoni bilan mashhur. T. Quyosh sistemasidagi o’z yo’ldoshlari (o’lchamlari 20 km dan bo’lgan Telesto va Kalipso)ga ega bulgan yo’ldoshdir. T. 1981 y. «Voyajer1», 1982 y.da «Voyajer2» kosmik apparatlari yordamida o’rganilgan. T., asosan, muz xrlatidagi suvdan tashkil topgan. T. ba’zan Fetida, Tefis, Tetis deb xam ataladi (ya na q. Sayyoralar yo’ldoshlari).