YUSUPOV ERKIN
YUSUPOV ERKIN (1929.15.3, Quva shahri — 2003.5.8, Toshkent) — faylasuf olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1979), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979), Rossiya Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1991; 1987 yildan SSSR Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi), falsafa fanlari Doktori (1965), professor (1966). O’rta Osiyo untining tarix fakulteti mantiq va psixologiya bo’limini tugatgan (1951). Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasida katta o’qituvchi (1954-58), kafedra mudiri (1958-72). O’zbekiston KP MK huzuridagi partiya tarixi instituti direktori (1972-79). O’zbekiston Fanlar Akademiyasining vitseprezidenti (197990). ToshDU rektori (199092), respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining rahbari (1994-95). ToshDU gumanitar fakultetlar falsafa kafedrasining mudiri (1995-97). 1997 yildan ToshDU falsafa kafedrasi professori Yusupov respublikada ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo’shdi. Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, mantiq, tarix, siyosatshunoslik, ma’naviyat, mafkura masalalariga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). As: yoshlarning ma’naviy kamoloti, T., 1995; odamiylik saboqlari (hammualliflikda), T., 1997; falsafa (darslik; hammualliflikda), T., 2000; Ma’naviy qadriyatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati, (hammualliflikda), T., 2003.