GRINVICH ASTRONOMIYA RASADXONASI

GRINVICH ASTRONOMIYA RASADXONASI — Buyuk Britaniyadagi i.t. muassasasi. Grinvichda asos solin- gan (1685). 1953 y.da Grinvich sh.dan 70 km Jan.-Sharqda joylashgan Xyorstmonso qasriga (15-a.) ko’chirilgan. Unda dastlab yulduzlarning o’rinlarini ko’rsatuvchi yulduzlar jadvallarini tuzish va oy harakatini aniqlash ishlari olib boril- gan. 19-a.dan boshlab yulduzlar paral- laksini (q. Parallaks) aniqlash, Quyosh yuzini izchil fotosuratga olish, foto- geliogrammalar yordamida Quyosh yuzida- gi dog’lar, mash’allarning geliografik koordinatalarini o’lchash va Quyosh yuzi- dagi hodisalarning tabiatini o’rganish b-n shug’ullanadi. G. a. r. passaj asbobi orqali o’tgan meridian bosh meridian deb qabul qilingan (1884); geografik uzunlik (q. Geografik koordinatalar) shu meridiandan boshlab hisoblanadi. G. a. r. meridian vaqgi dunyo vaqti deb qabul qilingan. Undagi asboblar: 28 dyuym- li va 26 dyuymli refraktor, 98 dyuymli reflektorlar va b.