Gulko’rpa

Gulko’rpa — so’zana turi; mato-ga kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. G.ning bezak mujassamoti asosan islimiy naqshlardan iborat, markaziga yirik va burchaklariga kichik doirasimon yoki yulduzsimon gullar, hoshiyasiga may- da gul(shoxcha)lar tiqiladigan mujassa- mot keng tarkalgan, ba’zan mujassamotga yozuvlar (Arabcha va b.) kiritiladi. G.da naqsh gulning o’zi kashta b-n tikilib ko’p joyi (zamini) ochiq qoldiriladi. Asosan, oq yoki rangli ip gazlama, shoyi, ba’zan duxobaga ham tiqiladi. Tosh- kent, Shahrisabz va b. badiiy buyumlar f-kalarida ishlab chiqariladi.