Guligaz Qorako’l teri

Guligaz Qorako’l teri (toj. guligaz — yulg’un gulining rangi) — oq aralash jigarrang yoki malla rang junli Qorako’l teri. Guligaz rangining to’q- ochligi oq junlarning jigarrang yoki malla rang junlarga bo’lgan nisbatiga bog’liq: oq junlar 73,4—81% bo’lsa och guligaz, 45,6—54,4% bo’lsa o’rta yoki nor- mal (och pushti tusli) guligaz, 20% bo’lsa to’q (qizg’ish) guligaz bo’ladi. Yarim doira o’rta va uzun qalamgulli hamda dona gul- li, juni ipaksimon, tekis, yaltiroq te- rilar juda chiroyli. O’zbekistonda hoz. olinayotgan guligaz terilarning taxm. 84% o’rta yoki normal guligaz, 11% och gu- ligaz va 5% to’q guligaz.