Guyyan

Guyyan — Xitoyning Jan.- g’arbidagi shahar, Guychjou tog’ligida. Guychjou provintsiyasining ma’muriy markazi. Muhim t. y. va avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 3,1 mln.dan ziyod kishi (1998). Metallsozlik, mashi- nasozlik, kimyo, to’qimachilik, tsement, oyna, ipakchilik, yog’ochsozlik, qog’oz, kon- chilik sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi z-dlar va b. sanoat korxonala- ri bor. G. yaqinidan temir rudasi, ko’mir va appatit qazib chiqariladi. G.da Xitoy Faning filiali, un-t, q. x. va b. insti-tutlar bor.