Gliseridlar, asilgliserinlar

Gliseridlar, asilgliserinlar — gliserin b-n organik yoki mineral kis- lotalarning murakkab efirlari. Mole- kuladagi kislota qoldig’iga qarab mono-, Di — va trigliseridlarga bo’linadi. G.da izomerlar mavjud bo’lib, bu ular tarki- biga kiruvchi qoldiqlarning joylashuvi- ga bog’liq. Anorganik kislotalar glise- ridlaridan nitrat kislota trigliseri- Di — nitrogliserin katta ahamiyatga ega. Karbon kislotalarning g.i o’simlik va hayvon yog’larining tarkibiy qismidir. Ular tegishli karbon kislotalarni gli- Tserin b-n eterifikasiyalab olinadi. Stearin, olein, palmitin kislotalar- ning g.i oziq-ovqat yog’larining emulga- tor va stabilizatori, turli kremlar, PLA- stifikatorlar va surkov moylari, sovun olishda xom ashyo sifatida qo’llaniladi. Nitrogliserin shifobaxsh dori hamda portlovchi moddalar komponentidir.