Gipofiz

Gipofiz (Yun. hypophysis — o’siq), bosh miyaning pastki ortig’i — odam va umurtqali hayvonlar inki sekresiya bez- laridan biri; u kalla suyagi asosidagi turk egarida joylashadi bo’lib, gipo- fizar oyoqcha deb atalgan maxsus tuzilma orqali bosh miya b-n birikkan. Moddalar almashinuvi, shuningdek, boshqa ichki sekresiya bezlari faoliyatini boshkara — digan bir qancha peptid gormonlar ish- lab chiqaradi. Vazni 0,5—0,6 g. G.ning oldingi, o’rta va orqa bo’lagi bor. Ol- dingi bo’lak butun bezning 70% ni tash- kil etadi, u qon tomirlari juda ko’p bo’lgan zich bezsimon to’qimadan iborat. Bu bo’lak boshqa bezlarga qaraganda gor- monlar hosil qilish jihatidan eng faol hisoblanadi. U 7 xil gormon ajratadi; bular orasida organizmni o’stiradigan gormon bor, u to’qimalarda yuz beradi- gan biokimyoviy jarayonlarga bevosita ta’sir ko’rsatadi; g.ning boshqa gormon- lari ichki sekresiyaning boshqa bezla- ri orqali ta’sir etadi. Shu bois ular tropgormonlar (Yun. tropos — yo’nalish) deb nomlanadi. Bularga buyrak osti bez- lari po’stlog’ining faoliyatini stimul- lovchi adrenokortikotrop; qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir qiluvchi tireo- trop; jinsiy bezlarga ta’sir qiluvchi gonadotrop; sut bezlari funktsiyasini stimullovchi prolaktin va b. kiradi. O’rta bo’lak to’qimalarda Mela- nin pigmentining hosil bo’lishi va taqsimlanishini, ko’zning to’r parda- sida esa ko’ruv purpurini tartibga so- lib turadigan gormon ishlab chiqaradi. Orqa bo’lak ancha kichik va miya gipofizar oyoqchasining go’yo davomi hisoblanadi. Unda bezsimon to’qima bo’lmaydi va tuzi- lishiga ko’ra nerv to’qimasiga juda uxshab ketadi. TSHU sababli u neyro-gipofiz deb ataladi; bu bo’lak gormonlar ajratmaydi; u gormonlarning o’ziga xos yig’iladigan joyidir; bu erda vazopressin va oksito- Tsin gormonlari tuplanib boradi, bular gipotalamus yadrolarida hosil bo’lib, u erdan g.ning orqa bo’lagiga tushadi. G. gormonlari oqsildan tashkil topgan, ularning kimyoviy tuzilishi aniqlangan va ko’pchiligi sintez qilingan. Ular en- dokrin va b. kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Moddalar almashinuvi, gormonal regulyasiya va o’sishni nazo- rat qilishda g.ning ahamiyati muhim (q. Akromegaliya, Gigantizm, Pakanalik). Abdurahimon Mamadaliev.