Gidravlik rostlagich
Gidravlik rostlagich — tez- lik (aylanishlar soni)ni, bosim, t-ra, suyuqliklar sathi va b.ni rostlab tura- digan qurilma. Unda tashqi manbadan keltiriladigan suyuqlik (moy yoki suv) ning bosim energiyasi rostlovchi organ- ga ta’sir qiladi. G. r. faqat integral, proportsional, integral-proportsional rostlash qonunlarini amalga oshira- Di. G. r.da o’lchanadigan kattalikni Pro- portsional kuchga (yoki siljishga) ay- lantiruvchi membranali, silfonli va b. qurilmalardan foydalaniladi. G. r. metallurgiya, koks kimyosi, kimyo sanoati va b.da, shuningdek issiqlik elektr st- yalarida bug’qozoni bosimini rostlashda ishlatiladi.