Gedonizm

Gedonizm (Yun. hedone — rohat, huzur, lazzatlanish) — huzur-halovatga, lazzatlanishga intilish insonning oliy maqsadi deb hisoblovchi axloqiy ta’limot. Unga ko’ra, huzur-halovatga intilish insonga tabiatan xos, uning butun xatti-harakati, maqsadi shunga qaratilgan. G. baxt-saodatga erishish axloqning asosi deb ta’lim beruvchi evdemonizmaan farqlanadi. G. yunon falsafasida keng tarqalgan edi. Kiren maktabi vakillari lazzatlanishni inson xayotining birdan-bir maqsadi sifatida talqin qilib, xulq-atvordagi axloqiy beqarorlik va tubanlikni shaxsiy FA- zilatlar tarzida targ’ib qilgan. Epikur baxtli hayot ruhiy xotirjamlikdan ibo- rat, deb hisoblagan. Beru niy fikricha, hakiqiy lazzatlanish — bu ilm lazzati, chunki qancha ko’p ilmga ega bo’lmaylik, u inson me’dasiga tegmaydi, o’zidan bez- dirmaydi. Boshqalari esa vaqtincha, nis- biy, beqarordir. Shunday ekan, ilmdan tashqaridagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlar haqiqiy lazzatlanish bo’la olmaydi. Evropada Uyg’onish davrida gedonistik ta’limot rivojlanib bordi. Inson o’zining tabiiy ehtiyojlarini to’la-to’kis qondirish uchun intilishga haqlidir, degan g’oyalar ilgari surildi. Kant G.ga qarshi chiqib, uni sog’lom aql mahsuli emas, balki aqlga zid hissiy turtkilar hosilasi, deb baholadi. Axloq-odob sohasining vakili g. Uilyame fikricha, ayrim shaxslar lazzatlanish maqsadida odamlarga nisbatan zo’ravonlik ishlat- masligi lozim, aks holda umuminsoniy huquq, axloqiy me’yor va tamoyillarga zid bo’ladi. G. g’oyasi yangi davr utilita- ushzmida o’z ifodasini topdi.