Gardiziy Abu Sa’id Abdulxay
Gardiziy Abu Sa’id Abdulxay (11-a.) — fors tarixchisi. Uning hayoti haqida ma’lumot bizgacha etib kelmagan. G.ning 1050-52 y.larda yozilgan «Zayn al-Axbor» («xabarlar ziynati») asari- da peshdodiylaryayai boshlab, 1032 y.gacha bo’lgan Arab xalifalari to’g’risidagi ma’lumotlar, 1041 y.gacha bulgan Xuroson tarixi va G’aznaviylar sultoni Sulton Mahmudning nabirasi Mavdud zamonasi- gacha bo’lgan voqealar sharhlangan. Asar oxirida musulmon, majusiy, yahudiy, zar- dushtiy va hind bayramlari, Hindiston va turkiy qabilalar haqidagi boblar ilova qilingan. «Zayn al-Axbor»ning Tohiriylar, safforiylar, Somoniy- lar va G’aznaviylar tarixiga oid qismi 1928 y. Nozim tomonidan Tehronda nashr etilgan. «Zayn al-Axbor»ning Xuroson tarixiga oid qismi O’zbekistonda nashr qilingan (T., 1991).