Gruzinlar
Gruzinlar (o’zlarini kartveli deb ataydilar) — xalq, Gruziyaning aso- siy aholisi (3787 ming kishi). RFda 131 ming kishi. Umumiy soni 4,15 mln. Kishi (1990-y.lar o’rtalari). Shuningdek, Ozar- bayjon, Ukraina, Qozog’iston, Turkiya, Eron va b. mamlakatlarda ham yashaydi. 17 ta subetnik guruhga bo’lingan: ajarlar, guriylar, imeretinlar, kartlilar, Kaxe- tinlar, xevsurlar, megrellar, svanlar, javaxlar va b. Gruzin tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan pravoslavlar, bir qismi (ajarlar, mesxilar guruhi) — mu- sulmon-sunniylar.