Granulositlar

Granulositlar (lot. Granulum donacha va Yun. kytos — hujayra) — TSI- toplazmasida donachalar (granulalar) bor oq qon tanachalari (leykositlar). Umurtqali hayvonlar va odam ko’migida hosil bo’ladi. G. uchun oqsilli donacha- lar xamda segmentar yadro bo’lishi xos. Donachalarining shakli va bo’yalishiga qarab neytrofillar, eozinofillar va bazofillarga bo’linadi. Ba’zi leyko- tsitlarning eng sodda tuzilgan amyoba kabi faol harakat qilish xususiyati ham bor. Odam qonidagi leykositlarning asosiy qismini g. tashkil etadi, ular asosan himoya vazifasini o’taydi. G.ning alohida turlari o’rtasidagi nisbat orga- nizmning umumiy ahvolini bildiradi- gan ko’rsatkich hisoblanadi.