Gresiya inqilobi
Gresiya inqilobi (1821-29) (GRE- tsiyaning mustaqillik urushi) — xalq inqilobi; Gresiya Usmonlilar istib- dodidan xalos bo’lib mustaqillikka erishgan. Asosan «Filiki Eteriya» («Ahil jamiyat») umummilliy yashirin tashkiloti a’zolari tomonidan puxta tayyorlangan. 1821 y. mart (25 mart GRE- tsiya mustaqilligi kuni)dagi qo’zg’olon b-n boshlangan. 1822 y. 12yanv. da mil- liy Majlis Gresiyaning mustaqilligini e’lon qildi va birinchi grek Konstitu- tsiyasi — Epidavr organik statusini qabul qildi (1822). 1822 y. yozida Moreya (Peloponnes ya.o.) ga bostirib kirgan 30 ming kishili turk armiyasi tor-mor qilingan. Turli tabaqa vakillaridan tashkil topgan inqilobiy kuchlar ora- sida ziddiyatning kuchayishi fuqarolar urushini keltirib chiqargan (1823-24 va 1824-25). 1827 y. Milliy Majlis I. Kapodistriyani Gresiya prezidenti qilib saylagan. 1827 y. okt.dagi Navarin jangida Usmonli turk imperiyasi Flo- ti yakson qilingan. Adrianopol sulh shartnomasi (1829)ga ko’ra Turkiya GRE- tsiya muxtoriyatini tan olgan (1830 y.dan Gresiya mustaqil davlat). G.i.da xorijiy ko’ngillilar ham qatnashgan.