Gramm-molekula, molyar massa yoki mol

Gramm-molekula, molyar massa yoki mol — moddaning mol. m. ga son jihatdan teng qilib olingan grammlar hisobidagi miqdori. Mas, nitrat kislo- ta HNO, ning bir gramm-molekulasi 63 g, chunki uning mol.m. 63 ga teng yoki suv- ning gramm-molekulasi 18 g, chunki uning mol. m. 18 ga teng. Texnikada G.-m. b-n bir katorda kilogramm-molekula (kmol), milligramm-molekula (millimol) sin- Gari massa miqdorlar ham ishlatiladi. Gaz holatdagi har qanday moddaning gramm-molekulasi normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi. Bu hajm gazning molyar, ya’ni gramm-molekulyar hajmi deyiladi. Har qanday agregat holatdagi — qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi modda- ning bir gramm-molekulasida 6,022-1023 ta molekula bo’ladi.