Greyzen

Greyzen (nem. Greisen parchalanish) metasomatik yo’l b-n kelib chiqqan tog’ jinsi. Asosan kvars va tiniq slyuda- lar — lepidolit va muskovitdan iborat. Ko’pincha sanoatda ajratib olish maqbul bo’lgan darajada orasira qimmatli ruda minerallari (kassiterit, volframit, tantalit va b.) aralashgan bo’ladi; bun- Day hollarda ularga ruda jinslari deb qaraladi. Qatlamlari, odatda, granit massivlarida, aksari ularning chekka- larida joylashgan bo’ladi. G. greyze- nizasiya, ya’ni granit jinslarining magmadan ajralib chiqqan gaz va suyuq qorishmalar ta’sirida o’zgarishidan vujudga keladi. Natijada dastlabki jinslar g.ga aylanadi. O’zbekistonning Zirabuloq-Ziyovuddin va Chatqol-Qurama toglarida uchraydi. G. Nodir metallar va qimmatbaho toshlar (topaz, berill va b.) qazilmalarini izlab topishda etakchi belgi xisoblanadi.