Granada

Granada (Arab. G’arnota) — Is- paniyaning Jan.dagi shahar, Andalusiya Muxtor viloyatida. Serra-Nevada tog’i yon bagrida, Xenil daryosi vodiysida joylashgan. Granada provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi qariyb 242 ming kishi (1998). T.y. tuguni. T.y. orqali O’rta dengiz bo’yidagi Motril porti b-n bog’langan. Sanoati, asosan, q.x. mahsulotlarini qayta ishlashga IX- tisoslashgan. G. yaqinidan temir rudasi qazib chiqariladi. Oziq-ovqat, tsement, kimyo z-Di, to’qimachilik sanoati korxo- nalari va qog’oz f-kalari bor. Shahar tarixiy manbalarda ilk bor 8-a.da qayd qilingan. 11-a.dan arablar qo’l ostida, 1238 y.dan G’arnota amirligi tarkibida bo’lgan. 1492 y.dan Ispaniya tasarrufiga o’tgan. Arablar istilosi davrida g. Mav- ritaniya davlatining siyosiy, madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri bo’lgan. Me’moriy yodgorliklaridan Mavritaniya me’morligi san’ati uslubida qurilgan qal’a-saroy (13-14-a.lar) va Karl V saroyi hamda Uyg’onish davriga oid so- bor va b. saklangan. Un-t bor (16-a.dan). Turizm rivojlangan. Har yili musiqa festivallari o’tkazilib turiladi.