GranChako
GranChako — Jan. Amerikaning markazidagi tabiiy oblast, 18-19° va 20-30° j. k.lar oralig’ida, Argentina, Paragvay, Boliviya davlatlari hududida. Sharqda (La-plata paettekisligiga tu- tash qismi) bal. 50 m dan and tog’lari etaklari (g’arbga) tomon 500-600 m gacha ko’tariladi. Iqlimi shim.da subekvatori- al, markazida tropik, issiq iqlim, qishi yog’insiz. Iyulning o’rtacha t-rasi 12-21°, yanv.niki 26-30° (maksimal t-ra 47° — bu materikdagi eng baland t-radir). Yillik o’rtacha yog’in shim.-Sharqda 1200 mm, Jan.-g’arbida 500 mm. Yirik Daryo- lari: Parana, Paragvay, Rio-Bermexo, Rio-Salado va b. Daryolari ezda to’lib oqadi. G.-Ch. chekkalarida botqoqlik ko’p. Qo’ng’ir-qizil tuproqli erlarda siyrak o’rmonlar, butazorlar bor. Qimmatbaho yog’och va oshlovchi moddalar olinadigan daraxt turi ko’p. Hayvonot dunyosi boy. G.-Ch.ning asosiy boyligi — neft va yog’och. Aholisi o’rmon kesish, ovchilik b-n shug’ullanadi. Paxta etishtiriladi.