Gras

Gras — Avstriyaning Jan.- sharqidagi shahar. Mur daryosining ik- kala sohilida joylashgan. Shtiriya eri- ning ma’muriy markazi. Axrlisi 240,9 ming kishi (2000). Muhim transport yo’llari tuguni. Kattaligi va iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Venadan keyin 2-o’rinda. Sanoatining etakchi tarmoklari: transport va q. x. mashina- sozligi, konchilik, metallurgiya va ener- getika sanoatlari uchun uskunalar, aniq mexanika va optika jihozlari i. ch. Va b. Kimyo, oyna, ko’nchilik, to’qimachilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Un-t (1586 y.dan), konser- vatoriya, muzey, opera teatri, sobor (16- a.) episkop saroyi (13-a.) va b. bor.