Gelvin

Gelvin (lot. helvus — kahrabosimon sariq) — mineral; kar- kasli silikatlar kichik sinfiga kiruvchi berillsilikat. Kimyoviy tarkibi (Mn, Fe, Zn)8 lBeSiOJ,,S2. Tarkibida 13,6% Veo bor. Kub singoniyali. Tetraedr kri- stallar, shaklsiz zarralar va donalar. Rangi sariq, yashil, qizil qo’ng’irdan rangsizgacha. Shishasimon yaltiroq, smo- laga o’xshaydi. Qattikligi 6-6,5. S og’. 3,2— 3,5. Pegmatit tomirlar, Grey- zenlashgan sienitlar, granitlar, sul- fid minerallariga boy skarnlarda uch- raydi. O’zbekistonda Chatqol, Qurama (Qo’rg’oshinkon), Zirabuloq (Ingichka) tog’larida bor. Berilliy olinadigan ruda. Xorijda RF (Ural), Qozog’iston, Norvegiya, AQSh, Ruminiya, Germaniyada topilgan.