Generator lampa

Generator lampa — yuqori cha- stotali tebranishlarni hrsil qiluvchi va kuchaytiruvchi elektr-vakuum asbob. Ish chastotasiga kura, past chastotali (/^ax<200 kgs), uzun va qisqa to’lqinli (/^>x<25 MGs), ultraqisqa to’lqinli (Upax<600 MGs) va desimetr-santimet- rli (4″^600 MGs) xillarga bo’linadi. G. l. kuchaytirgich elektron lampalar kabi ishlaydi, lekin tuzilishiga kura ayrim xususiyatlari b-n ulardan farq qiladi. G. l.larni loyihalash jarayonida ular- da ajraladigan issiklik energiyasini kamaytirish muammosini hal qilish talab etiladi. Ayniqsa G. l. elektrod- larida ajraladigan bir necha 100 kVt energiyani eng kam miqdorgacha pasay- tirish katta muammo. Shuning uchun ham bunda sun’iy sovitish usullaridan keng foydalaniladi. Kuchli G. l. (100 kVt gacha), havo yordamida, suv yordamida so- vitiladi. G. l.larning anodi ochiq TSI- lindr yoki to’g’ri burchakli parallelepi- ped ko’rinishida bo’lib, molibden, tan- tal, niobiy va qotishmalardan yasaladi. Yuqori quvvatli g. l.larning anodi sta- Kan ko’rinishida yasaladi. O’ta yuqori cha- stotali g. l.larning anodi esa ko’pchilik hollarda sterjen ko’rinishida bo’ladi. G. l.larning qobiqlari shisha, keramika, metall, metall-shisha, va metall-kera- mikadan tayyorlanadi. G. l. triod, tetrod va pentod lampalar asosida yaratiladi. Kombinasiey G. l.lar: ikkilangan triod- lar, ikkilangan tetrodlar, ikkilangan pentodlar ikki taktli generatorlarda foydalaniladi. Triodpentod asosida yaratilgan g. l.lar ham ishlatiladi. Yangi turdagi g. l. — magnetron, klistron va b. ham yaratilgan. Ularda elektron opti- ka usullaridan foydalanish natijasida elektrodlararo tok taqsimoti ancha yaxshi- landi, elektrodlarda ajraladigan ener- giya ancha kamaytirildi, lampalarning foydali ish koeffisienti oshirildi. G. l.lar turli radiouzatgich qurilmalarda, radio-eshittirish, radionavigasiya, radioastronomiya, radiometeorologiya, radiogeologiya, radioboshqaruv, radio- aloqa, televidenie, yuqori chastotalar texnikasi va maxsus radioelektron qurilmalarda ishlatiladi.