Genetik tahlil
Genetik tahlil — organizm- lardagi irsiyash va o’zgaruvchanliknn o’rganish usullari yig’indisi. G. t. yorda- mida organizmlar belgi va xususiyatla- rining o’ziga xos rivojlanish farqlari o’rganiladi, bu farqlarni nazorat qiluvchi genlar miqdori hamda ularning o’zaro ta’sir xarakteri aniqlanadi. G. t. tsitogenetik, molekulyar-genetik, po- pulyasion, aneuploid, mutasion va gi- bridologik tahlillarni o’z ichiga oladi. Tsitogenetik usul yordamida xromosoma- lar strukturam va funktsiyalari b-n ma’- lum belgining rivojlanishi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik o’rganiladi. Molekulyar- genetik usul dan genlarning molekulyar tuzilishi b-n ulardagi mavjud axborot (informasiya)ga muvofik, sintezlanuv- chi oqsillar orasidagi munosabatlarni o’rganishda foydalaniladi. Populyasion usul genetik tadqiqotlarda mat. va vari- asion statistika usullarini qo’llashta asoslangan. Monosom va nullisom xro- mosomalardan foydalanishga asoslangan aneuploid usul genomning har bir xro- mosomasida joylashgan genlarni, shu- ningdek ayrim xromosomalarning irsiy ahamiyatini aniqlashga imkon beradi (q. Monosom tahlil). Mutasion usul yorda- mida radiasiya va kimyoviy moddalarning organizmga ko’rsatadigan mutagen ta’si- ri o’rganiladi; ayrim lokus (gen)lardagi mutasiyalarning sodir bo’lish darajasi, spektri, tabiati hamda xromosoma Aber- rasiya (anomal tuzilish)larining xarak- teri tekshiriladi.