Genetik kod
Genetik kod — irsiy axborotni nu- Klein kislotalar molekulasida nukleo- tidlar ketma-ketligi tartibida yozish- ning tirik organizmlarga xos bo’lgan yagona sistemasi. Dezoksiribo-nuklein kislotasi (DNK) molekulasida ma’lum tartibda joylashgan muayyan sondagi nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil zanjirining tarkibidagi aminokislo- talar xili, soni, ularning joylashish tartibini belgilab beradi. DNK mole- kulasidagi nukleotidlar 4 xil bo’lib, ular adenin-A, timin-T, guanin-g va tsitozin-Ts lardan iborat. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi, Le — kin tirik organizmlardagi oqsillar tarkibiga 20 ta aminokislota kiradi. Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir aminokislotaning joylanishi uchta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet (uchlik) yoki kodon deb ataladi. Demak, DNK molekulasidagi kodonlar- ning joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil molekulasi tarki- bidagi aminokislotalarning joyla- shish tartibini ifodalaydi. Oqsil molekulasida aminokislotalar soni qancha bo’lsa, DNK ning shu oqsilni ifodalovchi, ya’ni sintez qilinishini ta’min etuvchi qismi bo’lgan gen ham shuncha kodondan tashkil topadi. Oqsilning sintezida DNK va uning qismi bo’lgan gen emas, balki boshqa nu- Klein kislota — ribonuklein kislota (RNK) ishtirok etadi. U uch xil: infor- masion — iRNK, transport — tRNK va ribosoma — rRNK. iRNK DNK asosida sintez qilinib undagi genetik axborot- ni ribosomalarga olib keladi, iRNK tarkibida ham DNK dagi kabi 4 xil nu- kleoidlar mavjud. Ularning uchtasi — A, g, TS DNK dagi kabi, fakat iRNK da T ning o’rniga u-urasil uchraydi; tRNK tsitoplazmadagi aminokislotalarni ri- bosomalarga etkazib beradi. Ribosoma- larda aminokislotalar ma’lum tartibda ketma-ket ulanib polipeptid zanjir sin- tezlanadi. Ularning ma’lum sonda biri- kishi tufayli oqsillar hosil bo’ladi. Oqsillar organizm belgi va xususiyatla- rining rivojlanishida ishtirok etadi. Hoz. vaktda barcha aminokislotalarning kodonlari aniklangan. 20 xil amino- kislotalarning ikkitasi faqat bir xil kodon b-n, qolganlari esa ikki va un- dan ortiq kodonlardan bittasi orqali kodlanadi. Mas, lizin aminokislotasi Aaa yoki aag, serii esa — usu yoki USS b-n kodlanadi. 64 tripletdan 3 tasi — UAA, UAG, uga aminokislota- larni kodlamaydi va polipeptid zan- jir sintezi tugaganini bildiradi. Ular terminasiya signalini beradi. G. k.ning tuzilishi va funktsio- nal belgi hamda xususiyatlari bar- cha organizmlarga xos, universal xossalarga ega va turgun bo’ladi. Ad.: Igne-Vechtomov, Genetika s OS- novami selektsii M., 1989;To’raqul ov yo, molekulyar biologiya, T., 1993. Jo’ra Musaev.