Geodezik asboblar

Geodezik asboblar — geodezik qidiruv va tadqiqot ishlarida hamda qurilishda qo’llaniladigan o’lchov vo- sitalari, qurollari majmui; astrono- miya-geodeziya tarmoqlarini, nivelir to’rlarini yasashda, planlarni suratga tushirish (s’yomka)da, muhandislik in- shootlari, radioteleskoplarning anten- na qurilmalari va b.ni qurish, tiklash va ulardan foydalanishda masofalar- ni, burchaklarni, past-balandliklarni o’lchash uchun ishlatiladigan mexa- nik, optik-mexanik, elektr-optik va radioelektron qurilmalar va h. k. Masofalar (chiziqlarning uzunliklari) ni o’lchashda po’lat o’lchash lentalari (20— 50 m), invar lentalar, osma invar similar (24 m), optik kuzatish trubali masofa o’lchagichlar, radiomasofa o’lchagichlar, elektr-optik masofa o’lchagichlar va b.dan foydalaniladi. Yo’nalishlarni aniqlash va burchaklarni o’lchashda astrolyabiya, bussol, teodolit va b. ishlatiladi. Past-balandliklarni o’lchashda asosan optik-mexanik nivelirlar, nivelirlash reykalaridan foydalaniladi. Grafik suratga olishda asosan menzul suratga olish usuli qo’llaniladi. Bunda asosiy kurol kipregel va menzula hisoblanadi. O’zbekistonda qadimdan astronomiya va me’morlikda usturlab (astrolyabiya) dan keng foydalanishgan.