Geodezik yo’ldoshlar

Geodezik yo’ldoshlar — er- ning maxsus sun’iy yo’ldoshlari. Er sir- tidagi bir-biridan uzoq (bir necha ming km) nuqtalarning aniq geografik koor- dinatalarini topish maqsadida optika yoki radiotexnika usullari b-n kuzatish uchun uchiriladi. Kuzatish olib borayot- gan punktlarning, mas, 2 ta punktning geografik koordinatalari aniq bo’lsa, g. y.ni shu punktlar b-n bir vaqtda kuzat- gan va geografik koordinatalari noma’- lum bo’lgan ixtiyoriy punktning vaziyati kosmik triangulyasiya yordamida topila- Di. Kuzatish barcha punktlarda bir vaqtda olib borilgani sababli, u sinxron ku- zatish deb ataladi. Bu kosmik usul er sirtidagi bir-biridan olis qitalar, orollar va oddiy geodezik o’lchashlar uchun noqulay bo’lgan boshqa punktlar- ning koordinatalarini aniqlashda juda qo’l keladi. Bundan tashqari er shaklini va gravitasiya maydonini ham shunday kuzatishlar yordamida aniqlasa bo’ladi. G. y. passiv yoki aktiv bo’lishi mumkin. Passiv G. y. hech qanday signal yubor- maydi, erdagi kuzatuvchi apparat ularni Quyosh nuri yoritganda fotosuratini ola- Di. Aktiv G. y. esa radiosignal yuboradi yoki ma’lum aniq vaqtda yonib-o’chib tura- digan signal lampalari b-n ta’minlan — gan bo’ladi. G. y. 4-6 ming km baland- likda harakatlanadi. «Anna», «Sekor», «Geos» va «Pageos» yo’ldoshlari AQShda chiqarilgan g. y.lardir. Impuls lampa- lar b-n ta’minlangan birinchi Amerika yo’ldoshi «Anna-IB» 1962 y.da uchiril- gan.