Gorn

Gorn (nem. Horn — shox) — mis puflama musiqa cholg’usi, ventil (Max- sus mexanizm)siz truba. Fanfara, askar burg’uchasi kabi turlari mavjud. Jar- chi soz bo’lib, 20-a.da ham butun dunyo (shu jumladan, O’zbekistan) harbiy qo’shinlarida, o’spirin yoshlar (chet elda — skaut, sobiq Ittifoqda — pioner) jamoalarida keng qo’llanilgan. G. negi- zida byugelgorn, saksgorn singari puf- Lama sozlar yuzaga kelgan.