Gneys

Gneys (nem. Gneis) — granitoid tarkibli kristalli slanes. Cho’kindi va magmatik jinslarning metamor- fizmga uchrashidan hosil bo’ladi. Ran- gi oqish, kulrang, yashilsimon. Ichki tuzilishi granoblast va porfirblast, tashqi tuzilishi yo’l-yo’l («gneyssi- mon») massiv ko’rinishida. Tarkibida kvars, dala shpati, biotit, muskovit, amfibol, ba’zan avgit bo’ladi. Bundan tashqari slanesda granat, sillimanit, aktsessor minerallardan apatit, tsirkon, sfen hamda rudali minerallar uchraydi. Tarkibidagi minerallarga qarab g.lar biotitli, amfibolli, piroksenli, gra- natli deb ataladi. G.ni paydo bo’lishiga ko’ra nemis geologi K.G.Rozenbush (1891) ortogneys va paragneysga ajratgan. Cho’kindi jinslarning metamorflani- shidan paragneys, magmatik tog’jinsla- rining metamorflanishidan ortogneys hosil bo’ladi. G. O’zbekistonda Hisor tog’larining Jan.-sharqida, Sultonu- Vays, Ovminza tog’larida bor. RF (Kola ya.o.), Ukraina, Kavkaz, Markaziy Osiyo va b. joylarda ko’p tarqalgan. Tokem- briy davri jinslarida esa ayniqsa ko’p. Shag’al tayyorlashda, yo’lka plitalarida va bino poydevorlarini bezashda ko’p ishlatiladi.