Govsar

Govsar (fors, gov — ho’kiz, sigir; cap — bosh) — qad. jang quroli, gur- zining bir turi. Afsonalarda hikoya qilinishicha, Eronning qad. Shoxlaridan Faridun taxtga o’tirgach, og’ir vaznda- gi gurzisining boshini po’latdan sigir boshi shaklida yasatib, uni g. deb atagan. Urush maydonlarida aksari qozongan g’alabasini g.ning xosiyati deb bilgan. «Shohnoma»da talqin etilishicha, go’yo Faridun go’daklik chog’ida yovvoyi sigir emib katta bo’lgan, podsho sigir boshini o’ziga homiy va madadkor sifatida qabul qilib hurmatlagan.