Goldspur

Goldspur — tez hosilga kiradi- gan olma navi. 1960 y. AQShda Golden de- lishes navi klonidan ajratib olingan. G. o’z xususiyatlariga ko’ra Golden Delishes naviga o’xshaydi. Hosildor, ko’chati ekil- gandan so’ng 2-3 yili hosilga kiradi. Unumdor tuproq va yuqori agrotexnikani talab qiladi. Mevasi sent. boshida uzi- ladi. P.P. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. in-tida o’tkazilgan tadqiqotlar g. Toshkent vohasi sharoitlarida samarador, istiqbolli nav ekanligini tasdiqladi. G.ni hozirda O’zbekistonning barcha VI- loyatlarida ekish tavsiya etilgan.