Goldman Naum Abramovich

Goldman Naum Abramovich (1896.23.7, Kiev — 1981.19.2, Toshkent) — dirijyor, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1943). Tosh- kentdagi rus opera va balet teatrida bosh dirijyor (1941-46), na-voiy no- midagi opera va balet teatrida dirijyor (1943-67), Toshkent konservatoriyasi- ning o’qituvchisi (1941— 81). Repertua- ridan chet el, rus va O’zbekiston kompozi- torlarining asarlari o’rin olgan. «Ivan Susanin» (M. Glinka, 1942), «Evgeniy Onegin» (P. Chaykovskiy, 1948), «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov va B. Brovsin, 1949), «Boris Godunov» (M. Musorgskiy, 1953, 1965), «Bo’ronda» (T. Xrennikov, 1954), «Ulug’bek» (A. Kozlovskiy, 1958), «Toska» (J. Puchchini, 1955, 1963) va b. operalarning sahnalashtiruvchi dirijyo- ri.