Golji (Golgi) Kamillo

Golji (Golgi) Kamillo (1844.7.7, Korteno — 1926.21.1, Paviya) — Itali- yalik gistolog. Paviya un-ti prof. (1875 y.dan). Nerv to’qimasining mikroskopik preparatlarini xrom-kumush usulida tayyorlash metodini ishlab chiqqan (1873). 1898 y.da nerv sistemasi hujayralarini o’rganish asosida maxsus to’rsimon or- ganoid mavjudligini isbotlab bergan. Keyinchalik hujayraning bu organoidi Golji kompleksi deb atala boshlandi. Nobel mukofoti laureati (ramoni-ka- xal b-n hamkorlikda, 1906).