Golbax (Holbach) Pol Anri

Golbax (Holbach) Pol Anri (1723, Geydesgeym, Pfals — 1789.21.6, Parij) — frantsuz faylasufi, D. Didro va K. Gelvesii safdoshi, «Entsiklope- diyami yaratishda qatnashgan. Frantsuz ma- terializmi va ateizmining asosiy asari hisoblangan «tabiat tizimi yoki tabiiy va ruhiy olam qonunlari to’g’risida» kitobini yozgan, unda sensualizm, de- terminizm va ateizm izchillik b-n qisqa bayon qilinadi, materiya abadiy va yara- tilmagan deb uqtiriladi, u asta-sekin rivojlanish va o’zgarish jarayonida Real dunyodagi turli-tuman narsalarning hammasini keltirib chiqaradi. Dekartga qarama-qarshi o’laroq kishilarda «tug’ma g’oya»lar yo’q deb hisoblaydi. Materiyada inersiya, tortish va bir-biridan qochish ro’y berganidek, ongda jaxrlat, ishqiy mayl, nafrat namoyon bo’lib boradi.