Gipoderma
Gipoderma (gipo… va Yun. Derma — teri) — 1) umurtqasiz hayvonlarda yirik epitelial hujayralardan tash- kil topgan tana devorining bir qismi. To’garak chuvalchanglar g.si tashqi ku- tikula b-n ichki muskul qavatlari oralig’ida joylashgan. Bo’g’imoyoqlilarda G. bir qavat teri epidermisidan ibo- rat bo’lib, tana sirtida xitin kutikula hosil qiladi. O’rgimchaksimonlarning zahar, to’r va hidli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlari ham g.dan hosil bo’lgan; 2) ko’pchilik yuksak o’simliklar organlarining qoplovchi to’qimalari ostida joylashgan hujayralarning bir yoki bir necha qavati. O’simliklar G.sida suv yig’ilib turadi; ba’zi o’simliklar G.si tayanch va himoya funktsiyasini baja- radi.