Gistonlar
Gistonlar — o’simlik va hayvonlar hujayrasi yadrosida uchray- digan oqsillar. G. arginin va lizin qoldiklariga boy bo’lib, ishqoriy xossa- larga ega. Mol. m. 11000-21000. Yadroda DNK b-n birikkan holda uchraydi, xro- matinning 25-40%ni (quruq og’irlik hisobida) tashkil etadi. G. xromatin tarkibini turg’unlashtiradi, nuklein kislotalar (DNK va RNK) sintezlani- shining boshqarilib turishi zvenola- ridan biri qisoblanadi. G. hujayra membranasining yuqori molekulyar bi- rikmalarga nisbatan o’tkazuvchanligini kuchaytiradi. G.ning ishqoriy xususiyati ular garkibiga kiradigan aminokislo- talarni hosil kiladigan diaminomono- karbon (ikkita amin va bitta karboksil) guruxlar b-n bog’liq.