Geometrik izomeriya

Geometrik izomeriya (kimyo- da) — fazoviy izomeriyaning bir turi; molekulada uglerod atomlarini o’zaro birlashtiruvchi o’q bo’ylab ularning ayla- nishini istisno qiladigan qo’shaloq bog’ yoki tsikl mavjudligidan uglerodning har bir atomi b-n har xil ikkita atom yoki ra- dikal bog’langanda ro’i beradigan hodisa. Bir izomerning molekulasidagi xlor atomlari qo’sh bog’ning bir tomoniga, ikkinchi izomerning molekulasida esa ikkala tomoniga joylashgan. G. i. tsis va trans izomeriya deb ham ataladi. Tsis va trans izomerlar fizik va kimyoviy xos- salariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.