Geofizik yo’ldosh
Geofizik yo’ldosh — er sun’- iy yo’ldoshi (ESY) orbitasidan turib, Erning geofizik parametrlari — at- mosferasining zichligini, geomagnit maydonini, radiasion maydonini tadqiq etish uchun uchirilgan sun’iy yo’ldosh. Shunday turdagi birinchi ESY — sobiq Ittifoqda 1958 y.da uchiril- gan erning uchinchi sun’iy yo’ldoshi edi. 1964 y. va undan keyingi yillarda AQSh orbital geofizik rasadxonala- ri seriyasini, qutb yog’dulari hamda kutb «qalpoq» lari (muzliklari)ni tadqiq qilish uchun qutbiy orbital geofizik rasadxonalarni uchirdi. Ba’zi hollarda Esylaridagi o’lchashlar er sirtidagi st-yalardan o’lchashlar maxsus dasturi b-n uyg’unlashtirilgan holda amalga oshirildi. G. y.lari ichida meteorolo- gik ESY alohida o’rin tutadi. Geofizik kuzatishlar orbital st-yalardan amalga oshiriladigan kompleks tadqiqotlar da- sturining tarkibiy qismi ham bo’lishi mumkin.