Geodezik astronomiya
Geodezik astronomiya — ama- liy astronomiya bo’limi; astronomic kuzatish natijalarini geodeziya va xa- ritagrafiyada qo’llash usullarini ishlab chiqish b-n shug’ullanadi. Xususan, xa- ritagrafiya ishlarida er sirtida tayanch sifatida birorta astronomik punktni aniqlash g. a.ning eng muhim vazifalari- dan hisoblanadi. Astronomik punktning geografik uzunlamasi va kenglamasi juda katta aniqlik b-n astronomik kuza- tishlar yordamida topiladi. Topografik suratga tushirishlarda ham bunday punkt hisob boshi va tayanch nuqta deb olinib, undan ko’p yillar davomida geodezik ish- larda foydalaniladi.