Gendel (Handel) Georg Fridrix
Gendel (Handel) Georg Fridrix (1685.23.2, Galle — 1759.14.4, London) — nemis kompozitori. 1706-10 y.larda Italiyada yashab, klavir va organ ijrochi- si sifatida Shuhrat qozongan. 1717 y.dan Angliyada yashagan. 1720-41 y.larda London opera teatri (Qirol musiqa akademiyasi)ning rahbari. «Rinaldo» (1711), «Radamist» (1720), «Yuliy Tse- zar» (1724), «Richard I» (1727), «Kserks» (1738) kabi 40 dan ortiq tarixiy ope- ra yozgan. Sharq mavzularida «Temur» (1724), «kir, Forsiya podshosi» (1728), «Por, Hindiston podshosi» (1731) ope- ralarini yaratib, ular tarkibiga ekzo- tik sahnalar kiritgan. Oratoriya Jan- rini tubdan qayta ishlab, monumental. ulug’vorlik va dramatizm b-n sugorilgan asarlar ijod qilgan. G. xor musiqasi ustasi, shuningdek ommabop, ta’sirchan musiqa uslubini yaratgan. Kantatalar, orkestr va organ kontsertlari, cholg’u Syu- ita, Sonata, ochiq havoda ijro etishga mos «suv sathi musiqasi» (1716), «Mu- shakbozlik musiqasi» (1749) va b. asar- lar muallifi. London (1843), Leypsig (1856), Galle (1955) sh.larida g. jami- yatlari tashkil etilgan. 1952 y.dan Galle sh.da g. musiqa bayramlari o’tkaziladi.