GENERAL-GUBERNATOR
GENERAL-GUBERNATOR — 1) 1703— 1917 y.larda Rossiya mahalliy ma’muriyatidagi oliy mansab. Uning qo’lida fuqarolik va harbiy hokimiyat bulgan. 1775 y. Rossiyada bir yoxud bir necha gubernya yoki viloyat (oblast)lar- dan tashkil topgan ma’muriy-hududiy birliklar tuzilib, ularni g.-g.lar boshqargan. Mas, Rossiya Turkistonni bosib olgandan so’ng Turkiston general- gubernatorligi tashkil qilingan (1867). Turkistonning birinchi g.-g.i etib K. P. fon Aoulai tayinlangan. 2) Britaniya Hamdo’stligi mamlakatlari tarkibida bo’lib, ingliz qirolini davlat rahbari sifatida tan oluvchi ayrim davlatlar (odatda, sobiq dominionlar) da ingliz qiroli nomidan ish yurituvchi mansabdor shaxs.