Gershel (Herschel) Vilyam
Gershel (Herschel) Vilyam (Fri- drix Vilgelm) (1738.15.11, Ganno- ver, Germaniya -1882.25.8, Slau, lon- don yaqinida) —ingliz astronomi va optigi. London Qirollik astronomiya jamiyati a’zosi (1781). 1757 y.da An- gliyaga kelib, mashhur kompozitor va musiqa o’qituvchisi sifatida taniladi. Keyinchalik (36 yoshidan) astronomiya- ga qiziqib, yuzlab teleskoplar yasadi. 1781 y. 13 martda uran sayyorasini kashf qildi va uning ikki yo’ldoshi —Oberon va Titaniyani ochdi, Saturnning ikki yo’ldoshi hamda uning o’z o’qi atrofida aylanishini aniqladi. G. 2500 dan ortiq yulduz to’dalari va tumanliklarini o’z ichiga olgan jadvalni tuzdi. Telesko- plarni loyihalash va yasashda unga uka- si, iste’dodli mexanik Aleksandr g., keyinchalik o’g’li, mashhur astronom jon G., astronomik kuzatuvlarda singlisi, astronom ayol Karolina g. ko’maklashgan.