Gess German Ivanovich
Gess German Ivanovich [1802.26.7(7.8), Jeneva -1850.30.11(12.12), Peterburg] —rus kimyogari, Peterburg FA akad. (1830). Peterburg tog’-kon in-ti prof. (1832— 49). G. kimyoviy hodisalarni issiqlik haqidagi ta’limot nuqtai nazaridan tekshirib, 1840 y.da termokimyoning aso- siy qonuni —issiqlar yig’indisining doimiyligi haqidagi qonunni kashf qildi (q. Gess qonuni). 1842 y.da u tuz- lar eritmalari bir-biriga qo’shilganda issiqlik ajralib chiqmasligi va yutil- masligini (termoneytrallik qoidasini) ko’rsatib berdi. G. platinaning kataliza- torlik xossalarini vodorod b-n kislo- rodning o’zaro ta’sir etishi misolida batafsil o’rgandi. G. 4 yangi mineral top- Di; mum, yog’och smolalar, neft pirogenez mahsulotlari va b. moddalarning kimyo- viy xossalarini o’rgandi.