Gerontopsixologiya
Gerontopsixologiya (Yun. geron —qari, keksa va psixologiya) —Ge- rontologiya va yosh psixologiyasi sohasi. Umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar ruhiyati va fe’lining o’ziga xos xususi- yatlarini o’rganadi. Garchi olimlar kishi- larda keksayish tufayli paydo bo’ladigan ruhiy xususiyat va o’zgarishlarga avval- dan qiziqib kelsalarda, g. alohida fan sohasi sifatida 20-a.ning 2-yarmidagina shakllana boshladi. Uning vujudga keli- shiga ijtimoiy omillar: keksalar so- nining ko’payishi, ularning ish layoqati va turmush sharoiti masalalari sabab bo’ldi. G. kari kishilardagi umumfizi- ologik va psixofizik xususiyatlar b-n ularning hatti-harakatlari, fe’lining psixologik xususiyatlari o’rtasidagi aloqadorlikni, shaxs faoliyati va b. omillar b-n bog’liq o’zgarishlarni o’rganadi. G.ning umumiy vazifasi —ki- shilarning qariganda ham bardam, tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topishdir.